Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekiston respublikasi funksional ko‘pkurash federatsiyasi va sport tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasida, funksional ko‘pkurash federatsiyasi hamda bir qator sport tashkilotlari o‘rtasida qo‘pkurash sport turini rivojlantirish hamda ommalashtirish borasidagi masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Mazqur tadbirda, funksional ko‘pkurash federatsiyasi raisi, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Ma’mirjon G‘aniyev, federatsiya a’zolari va “Tribe”, “BukaGym”, “Akhmat”, “998” kabi bir qator yirik sport tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi. Unda funksional ko‘pkurash sport turini yanada takomillashtirish, yoshlar o‘rtasida ushbu sport turini targ‘ib qilish maqsadida, mazkur sport tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uchrashuvda funksional ko‘pkurashni yangi bosqichga olib chiqish, hududlarda yangi to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zida kuch, iroda va chidamlilikni talab etadigan ushbu sport turida yosh iqtidor egalarini kashf etish, yangi chempionlarni tarbiyalash, respublika va xalqaro musobaqalarni tashkil etish, sportchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha qator dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Yangiliklar

28 Okt
2021

YOSH GVARDIYACHILAR O‘RTASIDA FUNKSIONAL KO‘PKURASH MUSOBAQASI

      Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasi tashabbusi bilan 27 oktyabr' kuni Nukus shahrida sportning Funksional ko‘pkurash turi bo‘yicha boshqarma boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.Musobaqada To‘rtko‘l, Chimboy va Xo‘jayli tumanlarida joylashgan harbiy vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan maktablarda ta'lim olayotgan o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Jamoalarning musobaqa shartlarini qanday darajada bajarishlari haqamlar hay'ati tomonidan baholab borildi. Sinovlarda faol ishtirok etib, barcha shartlarni aniq va xatosiz bajargan ishtirokchilar musobaqa so‘ngida munosib taqdirlandilar.                          Umumiy hisobga ko‘ra To‘rtko‘l tumanidagi 18-sonli maktab o‘quvchilari o‘z epchilliklarini namoyon etib birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lishsa, ikkinchi o‘rin Xo‘jayli tumanidagi 15-sonli maktab jamoasiga nasib etdi. Nukus shahridagi 44-sonli maktabining yosh gvardiyachilariga esa shohsupaning uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. G‘oliblar kubok, medal', diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shu bilan birga faollik ko‘rsatgan Chimboy tumani 36-sonli maktabning yosh gvardiyachilari ham tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.                      Sport o‘zaro ahillikni, do‘stlikni targ‘ib etuvchi asosiy vositadir. Bu kabi musobaqalar ham yoshlarning jismonan chiniqishlari, o‘zaro tajriba almashishlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech